07:51 / 15.05.2016
6636

Hindistonda attraksion harakat paytida buzilib, yerga qulab tushdi

Hindistonda ko‘ngilochar attraksioni harakat vaqtida buzilib, o‘z o‘qidan chiqib, yerga qulab tushdi. Bu holat tasvirlangan mudhish kadrlar internetda joylashtirildi.

Favqulodda vaziyat Chennaydagi attraksionlar bog‘ida yuz berdi. Chop etilgan videoyozuvda katta o‘qqa o‘rnatilgan, odam bilan liq to‘la aylanma arg‘imchoq harakat paytida birdaniga o‘z o‘qidan chiqib, yerga qulab tushgani tasvirlangan.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, noxush voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lnaye, yana 20 kishi jarohat olgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda. Chennay politsiyasi bog‘ egasini hibsga oldi.

Top