20:28 / 15.05.2016
3895

Iroq xavfsizlik kuchlari 2015 yil boshidan beri 3,5 ming jangarini yo‘q qildi

Iroq xavfsizlik kuchlari Iroq hududida 2015 yil boshidan beri IShIDning deryali 3,5 ming jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq mudofaa vazirligining Bag‘doddagi harbiy operatsiyalar qo‘mondonligi rasmiy vakili Sa'd Ma'n ma'lum qildi.  

Uning aytishicha, "Iroq xavfsizlik kuchlari otryadlari tomonidan 2015 yil boshidan beri IShIDning 3436 nafar jangarisi, jumladan 232 snayperi yo‘q qilingan". Ma'nning ta'kidlashicha, hukumat kuchlari shu davr davomida "IShID nazoratida bo‘lgan 318 ta aholi punktini ozod qilganlar". Iroq armiyasi qo‘mondonligi vakili qo‘shinlar "yirik kalibrli pulyometlar o‘rnatilgan 165 jipni yo‘q qilishga va ekstremistlar tomonidan tashkil etilgan 200 dan ko‘proq portlovchi modddalar yashirin omborlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishganini" ma'lum qildi.  

IShID Iroq shimoli va g‘arbida 2014 yil yozida faol harbiy harakatlarni boshlagan. Hukumat frontlarda ba'zi muvaffaqiyatlarga erishayotganiga qaramasdan, vaziyatni burib, hanuzgacha mamlakatning bir qismini nazorat qilayotgan terrorchilarni batamom yo‘q qila olmayapti.

Top