12:10 / 15.05.2016
9877

Kann kinofestivali mehmonlarini IShID guruhining hujumini sahnalashtirgan aktyorlar qo‘rqitib yuborishdi

Xalqaro Kann kinofestivali mehmonlarini aktyorlar tomonidan sahnalishtirilgan IShID terror guruhi jangarilari Antib burnidagi mashhur Hotel du Cap Eden-Roc mehmonxonasiga bostirib kirishi videosi qo‘rqitib yubordi. Bu haqida The Telegraph nashri xabar beradi

Sahna ko‘rinishi milliarderlar uchun internet-auksioni hisoblangan Oraxy veb-saytining reklama aksiyasi doirasida tashkil etildi.

13 may kuni olti aktyor niqob taqqan va mosh rangdagi liboslar kiygan holda dengiz bo‘yidagi hashamatli  mehmonxona oldiga qora bayroq ilingan tezyurar qayiqda suzib kelishgan.

Soxta hujum vaqtida ko‘pchilik mehmonlar xavfsiz joy izlab, qochib ketishgan.

Gazetaning ta'kidlashicha, terrorchilarning qayiqda suzib kelishiga qaramay, mehmonxona xodimlari restoranda mehmonlarga taomlarni uzatishda davom etishgan, ammo politsiyani ham chaqirishgan. 

Sahna ko‘rinishidan so‘ng nashr fransuz internet-kompaniyasini o‘z piar-chiqishini o‘ylamasdan amalga oshirganlikda aybladi va paytda bunday g‘oyalar noo‘rin ekanligi haqida fikr bildirdi.

Top