07:54 / 16.05.2016
20538

Ayshvariya Ray Kanni antiqa lab bo‘yoqlari bilan hayratlantirdi

Mashhur hind aktrisasi Ayshvariya Ray o‘zi bosh rol o‘ynagan "Sarbjit" filmi uchun antiqa reklama o‘ylab topdi. Bollivud yulduzi o‘z filmining Kanndagi premerasiga livanlik dizayner Rami Kadi tomonidan yaratilgan, biserlar bilan bezatilgan pushti rang ko‘ylakda keldi. Biroq bu ko‘ylakka aktrisaning antiqa bo‘yalgan lablari oldida kim ham e'tibor berdi, deysiz? Bir-ikki odamgina, xolos. Ko‘pchilik fotomuxbirlarning suratlarida aktrisaning faqatgina yuzi olingan. Bunga ajablanmasa bo‘ladi, chunki dunyo go‘zalining lablariga binafsharang lavanda guli rangidagi lab bo‘yog‘i surtilgan edi.  

Aktrisa va uning hamkasblari kinofestivalning qizil yo‘lakchasida tushgan suratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdilar. Ular izohlarni #SarbjitPremiereAtCannes xeshtegi ostida chiqarishdi. Va bu xeshteg sanoqli soatlarda hind tvitterining yuqori pog‘onasiga chiqdi. Ko‘rinishicha, juda ko‘pchilik binafsharang labli Ayshvariyaning surati bilan bo‘lishishni istagan.

Internetda aktrisaning lab bo‘yoqlari borasida hazilomuz izohlar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun, bunday izohlarda yulduz qora smorodinali muzqaymoqdan ko‘proq yeb yuborgani yoki smurfikdan bo‘sa olgani haqida hazilomuz izohlar bildirildi. Biroq hamma Ayshvariyaning bunday qiyofada ko‘rinishga jazm qila olganiga tan berdi.   

Top