21:57 / 16.05.2016
11603

AQSh armiyasi jangovar lazerning birinchi sinovlarini o‘tkazdi

Amerikalik harbiylar Fort-Sill bazasida dunyoda birinchi marta jangovar lazer qurilmasi HELMTT ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Bu haqda Defense News xabar bermoqda

Lazer qurilmasi turli nishonlarni, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalari, minomyot minalari va artilleriya snaryadlarini aniqlash, kuzatish va urib tushirish uchun qo‘llanadi. Lazerning quvvati sinovlar vaqtida 10 kilovattni tashkil qilgan, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmadi.

Mashg‘ulotlar 11-19 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan, biroq bu haqda endigina ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, 2017 yilda quvvati 50 kilovattgacha bo‘lgan HELMTT sinovini o‘tkazish, 2020 yilgacha qurilmaning quvvati 100 kVt gacha oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq AQShning Lockheed Martin kompaniyasi jangovar lazerlarni ishlab chiqarishni boshlagandi. Kompaniya AQShdan 60 kilovattlik jangovar lazerni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga shartnoma olgan. Qurilma HELMTT jangovar mashinasi tarkibiga kiradi.

Top