14:54 / 16.05.2016
5772

Amerikalik olimlar deraza oynalarini shaffof yog‘ochga almashtirishni taklif qilishdi

Energiyani tejab ishlatish muammosi dolzarb bo‘lgan bugungi kunda sovuq kunlarda binolardagi issiqlikning yo‘qolishi muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Sovuq asosan deraza oynalari orqali kirishi ma'lum, shisha issiqlikni juda yaxshi o‘tkazadi. Xonani iliq harorat yo‘qotishdan saqlovchi va issiqlikka ketadigan xarajatlarni kamaytiruvchi yog‘och esa boshqa gap. 

Shu bois Kollej-Parkdagi Merilend universiteti kimyogarlari uni an'anaviy shishaning munosib muqobili deb hisoblashmoqda. 

Professor Lyanbin Xu guruhi tomonidan ishlab chiqilgan usul yog‘ochni butkul shaffof qilish imkonini beradi.

Advanced Materials jurnalida mazkur texnologiyaga to‘liq tavsif berilgan. 

Ikki bosqichli jarayon  aromatik polimerlarning murakkab aralashmasi - ligninlarni parchalovchi natriy ishqorli va birikmali suv aralashmasida yog‘ochni yuqori harorat ostida qayta ishlashni talab qiladi. 

Ikkinchi bosqichda bunday shaffof "yumshatilgan" yog‘ochga uni bir necha karra mustahkamlaydigan tiniq epoksid qatronlar quyiladi.

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, bunday usulda olingan "yog‘och kompozit" ko‘plab foydali qo‘llanmalar uchun qulay bo‘lgan muhim xususiyatga ega. Materialning tabiiy g‘ovakli tuzilishi saqlanib qoladi, uni kerakli gaz yoki suyuqlik bilan to‘ldirish oson.

Hozircha texnologiya ishlab chiqarishning birinchi bosqichida. Olimlarning oldida hali istalgan o‘lchamdagi shaffof yog‘ochni ishlab chiqqarish masalasi turibdi. Bugunga qadar ularning hajmi 12X12 santimetr va qalinligi deyarli 1 santimetr o‘lchamdan katta bo‘lmagan shakllarini yaratishga muvaffaq bo‘lindi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, shved olimlari ham xuddi shunday texnologiya ustida ish olib borishmoqda. Bu haqida bir necha hafta ilgari Biomacromolecules jurnalida ma'lumot berilgan.

Top