Lissabonning «Benfika» klubi Portugaliya chempionatining 34-turida «Nasonal» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Bu jamoani ikkinchi o‘rinda ta'qib etib kelgan «Sporting» esa «Braga»ni 4:0 hisobida yengganiga qaramasdan, peshqadam bilan oradagi farq 2 ochkoligicha qoldi.
«Benfika» Portugaliyaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi. Bu yilgi chempionlik jamoa uchun 35-chempionlikdir. Qolaversa, jamoa ichki chempionatida qatorasiga uchinchi mavsumda chempion bo‘ldi.