18:37 / 16.05.2016
11228

Bolgariyalik sobiq futbolchi «Real» jamoasi ustidan kuldi

Kataloniyaning «Barselona» va Bolgariya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Xristo Stoichkov o‘zining «Instagram»dagi shaxsiy sahifasida kataloniyaliklar Ispaniya chempionligi uchun «Real»ni ortda qoldirganiga bag‘ishlab ikkita surat joylashtirdi. 

Birinchi suratda sobiq futbolchi «Atletiko» libosini ushlab turgan holda «Real» futbolkasini oyoq ostiga tashlab suratgan tushgan. Stoichkov rasmga — «Ha-ha» deya izoh qoldirgan.

Bundan tashqari, Xristo tanasiga «Real» logosi yopishtirilgan holda futbol o‘ynayotgan cho‘chqalar suratini joylashtirib: «Ha-ha, ligada ikkinchi o‘rinni olgan omadsizlar mana shunaqa mashg‘ulot o‘tkazishadi», deb yozib qoldirgan.

Top