14:46 / 16.05.2016
4429

«Bornmut»ga qarshi o‘yin qoldirilgani uchun «MYu» 3 mln funt zarar ko‘rdi

«Manchester Yunayted» rahbariyati ma'lum qilishicha, 15 may kungi «Bornmut»ga qarshi o‘yin uchun chipta sotib olgan muxlislar 17 mayga qoldirilgan o‘yinga ham shu chipta bilan kira oladi.

Goal.com xabariga ko‘ra, o‘yin sanasining o‘zgartirilishi «qizil iblislar» uchun jami 3 million funt miqdorida zarar keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, APLning oxirgi turi doirasidagi o‘yin boshqa o‘yinlar bilan bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak edi. Ammo o‘yin arafasida «Old Trafford» tribunalaridan birida shubhali buyum aniqlandi va o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida muxlislar evakuatsiya qilinishi boshlanib, o‘yin qoldirildi.

Muxlislar olib chiqib ketilgach, sapyorlar shubhali buyumni portlatib yo‘q qilishdi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bu bomba maketi edi, u 1 hafta oldin o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida unutib qoldirilgan.

Top