18:23 / 16.05.2016
3421

Google 6 milliard dollardan ortiq jarima to‘lashi mumkin

Monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganligi uchun Yevropa komissiyasi Google kompaniyasiga 3 milliard yevro miqdorida jarima tayinlashi mumkin. Bu haqda The Sunday Telegraph xabar qildi. 

Nazorat qarori yaqin haftada ma'lum qilinadi. 

Yevrokomissiya tergovi 2010 yil oxiridan boshlab davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi hukumati Google Yevropa qidiruv bozorida o‘zining yetakchilik maqomini suiiste'mol qilayotganidan shubhalangan.

Yevrokomissiya kompaniyani yillik daromadining 10 foizigacha miqdorda jarimaga tortish ehtimoli mavjud. 

Nashr xabariga ko‘ra, bu holatda Google jarimasi 6 milliard dollardan ortishi mumkin. 

Hozirgi kunda monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha Yevropa komissiyasi tomonidan Intel kompaniyasi eng yirik jarimaga tortilgan. 2009 yili kompaniya raqobatchilik qoidalarini buzganlikda ayblanib, 1 milliard yevro jarima tayinlangan.

Top