16:01 / 16.05.2016
5908

Internet tarmog‘ida iPhone 7 ning yangi suratlari paydo bo‘ldi

OnLeaks insayderi Tvitterdagi sahifasida iPhone 7 deb ta'kidlanayotgan mobil telefoni va uning 64 Gblik qurilmasi qutisining suratlarini e'lon qildi. 

Suratdagi qurilma iPhone 7 rezina ajratgichlari uning tepa va quyi qismlariga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqlamoqda. Kamera moduli, o‘z navbatida, iPhone 6 dagidek bo‘rtib chiqqan va o‘lchami jihatidan ham deyarli o‘zgarishsiz qolgan. 

Boshqaruv elementlariga ham o‘zgartirish kiritilmaganini ko‘rish mumkin. Insayder smartfon orqa qopqog‘i suratidan tashqari, uning qutisi suratini ham chop etgan. Undan, quti pushti rang, 64 Gblik iPhone 7 ga tegishli ekanini bilib olish mumkin. 

Bundan avval, Instagram’ning noma'lum foydalanuvchisi o‘z selfisini e'lon qilgan va ortida iPhone 7 aks etganini ta'kidlagan edi.

Top