13:53 / 16.05.2016
3933

Qirg‘izistonda 84 kg kumushning noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi

Qirg‘izistonda 84 kilogramm kumushni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan turk fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Davlat xizmati. 

Musodara qilingan qimmatbaho metallning qiymati 2 million 520 ming som ekaniga oydinlik kiritilmoqda.
 
Turkiya fuqarosi hibsga olingan va ushbu ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top