21:11 / 16.05.2016
9282

Kung-fu bo‘yicha Yevropa chempionatida armanlar va ozarbayjonlar orasida ommaviy mushtlashuv chiqdi

Ukrainaning Lvov shahrida bo‘lib o‘tayotgan kung-fu bo‘yicha Yevropa chempionatining yarimfinallaridan birida jismoniy kuch qo‘llangan holda jiddiy mojaro yuz berdi. Yarimfinalda prinsipial raqiblar – armanlar va ozarbayjonlar o‘rtasida mushtlashuv chiqib, u tez orada ommaviy ko‘rinish oldi.

Mushtlashuvga Armaniston jamoasining murabbiylaridan birining qo‘lida Tog‘li Qorabog‘ respublikasi bayrog‘ining paydo bo‘lgani sabab bo‘ldi. Tan olinmagan davlatning bayrog‘i ozarbayjonlik jangchiga "ho‘kizga qizil lattadek" ta'sir qildi va ringdagi jang deyarli butun arena bo‘ylab katta jangga aylanib ketdi.      

Ommaviy mushtlashuvda sportchilar, murabbiylar, massajistlar va hattoki "befarq" bo‘lmagan tomoshabinlar ham ishtirok etdi. Bu holat qayd qilingan videoda mushtlashuvda hattoki stullar ham ishga solinganini ko‘rish mumkin. Natijada bu mushtlashuv Ozarbayjon jamoasiga qimmatga aylandi. Jamoa hakamlar qaroriga ko‘ra, sportga xos bo‘lmagan harakati uchun chetlatildi va finalga uning raqibi – Armaniston chiqdi.

Top