11:13 / 16.05.2016
6064

LG kompaniyasining 4K ULTRA HD USB-C monitori xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda

Mazkur monitor jahon sertifikatlash tashkilotlarining yuqori ma'yorlariga javob bermoqda.

LG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi 27-dyuymli 4K Ultra HD USB-C monitori (model 27UD88) yuqori sifat me'yorlari, ranglarni aniq aks ettirishi, tasvir o‘lchami va mehnat samaradorligi funksiyasiga ko‘ra, jahonning obro‘li sinov markazlari tomonidan tan olindi. Intertek, TÜV, UL va VESA kabi tashkilotlar monitorga o‘z sertifikatlarini taqdim etib, LG 27UD88 modeli sifat va samaradorlik bo‘yicha yuqori standartlarga javob berishini qayd etishdi. 

Monitorning ranglarni aks ettirishi, rangni ko‘rsatish tezligi, ko‘rish burchagi va o‘lchami borasida o‘tkazgan sinovlaridan so‘ng, Buyuk Britaniyaning Intertek tashkiloti LG 27UD88 monitorini «Sifat ko‘rsatkichi» sertifikati bilan taqdirlab, uning barcha ko‘rsatkichlari IDMSning 1.03 tasnifidagi me'yoriga to‘g‘ri kelishini ta'kidladi. Sinash, tekshirish va sertifikatlash bo‘yicha nemis tashkiloti TÜV Rheinland esa, monitorning tasvirni ajoyib ko‘rsatish sifatini alohida qayd etgan. Bundan tashqari, LG 27UD88 monitori Amerikaning standartlash, tekshirish va sinash tashkiloti UL. tomonidan ham o‘rganilgan va quyidagicha xulosa qilingan:  LGning 27UD88 monitori USB-C va Thunderbolt 3 portlariga ega barcha noutbuklar va MacBook bilan uyg‘unlasha oladi. Shu bilan birga u VESA sertifikatini olgan ilk USB-C monitori hisoblanadi. 

«Bizning fikrimizcha, joriy yilda Ultra HD monitorlariga bo‘lgan talab o‘tgan yilgiga nisbatan 3 marta oshadi», - deydi LG kompaniyasining monitorlar va ShK (shaxsiy kompyuterlar) biznes bo‘limi rahbari Jang Ik-Xvan (Jang Ik-hwan). – «Bizlar ishlab chiqarayotgan har bir monitorda LGning ilg‘or texnologiyalari qo‘llanilishi sabab, 4K monitori iste'mol elektrotexnika mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha yirik xalqaro tashkilotlari tomonidan tan olinishi ajablanarli emas».

Reklama huquqi asosida.

Top