09:03 / 16.05.2016
14092

Meteorologlar 2016 yilgi havo harorati rekordlaridan xavotirlanishmoqda

2016 yilda yuz berayotgan anomal havo haroratlari butun dunyo meteorologlarini qattiq tashvishga solmoqda. AQShning NASA agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan aprel oyi kuzatuvlar olib borilayotgan vaqtdan beri eng issiq aprel oyi bo‘ldi. 

Hisobotga ko‘ra, 1951-1980 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1 foizdan ko‘proqqa chetlatish 6 oydan beri qayd qilinmoqda va keyin ham oshib boradi. Agentlikda oxirgi 12 oy barcha harorat rekordlarini yangilashi aytilmoqda. 

"Bu tashvishlantiradi. Men keyin nima bo‘lishini bilmayman. Biz El-Nino vaziyatga ta'sir qilishini tushungandik, biroq kimdir bunday sakrash bo‘lishini kutmagandi", deb meteorolog Erik Xoltxaus aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi The Independent nashri.

Olim global harorat oxirgi yili 1880-yillardan beri olib borilayotgan kuzatuvlar davomidagi isish darajasidan 25 foizga oshganini aytdi. Meteorolog rekord darajadagi yuqori harorat 4 oydan 6 oygacha hukm surishini prognoz qilmoqda.

Top