21:06 / 16.05.2016
12899

Polshalik poyezd mashinisti ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

Polshalik poyezd mashinisti Mateush Shimanskiy butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Buning sababi esa Poznan – Vonґrovets yo‘nalishi bo‘yicha poyezdni olib ketayotgan Shimanskiy poyezddagi yo‘lovchilarni avariyadan ogohlantira oldi va ularni xavfsiz holatni egallashga chaqirdi.

Poznan temir yo‘lida mashinist avtomobil o‘tish joyi o‘rtasida, temir yo‘l izida yuk mashinasi turganini ko‘rib, poyezdni to‘xtatmaslikka qaror qildi va to‘qnashuvdan bir necha soniya oldin o‘z kabinasidan chiqib, yo‘lovchilarni polga yotish kerakligidan ogohlantira oldi.  

"Shoshilinchda men kabinadan chiqib, barchaga yotishni buyurdim. Bu bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohatlarni minimallashtirishiga ishonchim komil edi", deb vaziyatga izoh berdi mashinistning o‘zi.

Top