16:50 / 16.05.2016
7429

Roy Xojson Angliya terma jamoasining Yevro-2016 uchun tarkibini e'lon qildi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Yevropa chempionati uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi. Kengaytirilgan tarkibda Andres Taunsend va Markus Reshford kabi yosh futbolchilarni ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, mavsumni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan va "Arsenal"ga yordam bera olmagan yarimhimoyachi Jyek Uilsher ham kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olgan.

Darvozabonlar: Freyzer Forster ("Sautgempton"), Jo Hart ("Manchester Siti"), Tom Xiton ("Bernli");
Himoyachilar: Rayan Bertrand ("Sauthempton"), Gari Keyxill ("Chelsi"), Nataniel Klayn ("Liverpul"), Denni Rouz ("Tottenhem"), Kris Smolling ("Manchester Yunayted"), Jon Stounz ("Everton"), Kayl Uolker ("Tottenhem");
Yarim himoyachilar: Dele Alli ("Tottenhem"), Ross Barkli ("Everton"), Fabian Delf ("Manchester Siti"), Erik Dayyer ("Tottenhem"), Denni Drinkuoter ("Lester"), Jordan Xenderson, Adam Lallana, Jyeyms Milner (uchalasi "Liverpul"), Rahim Sterling ("Manchester Siti"), Andres Taunsend ("Nyukasl"), Jyek Uilsher ("Arsenal");
Hujumchilar: Harri Keyn ("Tottenhem"), Markus Reshford, Ueyn Runi (ikkisi "Manchester Yunayted"), Daniel Starrij ("Liverpul"), Jyeymi Vardi ("Lester").

 

 

Top