17:30 / 16.05.2016
9587

Toshkent shahrida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogi boshlandi

Toshkentda bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Xalqaro bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyalari, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, AQSh, Rossiya, Polsha, Vengriya, Ukraina, Litva, Estoniya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan eng kuchli sportchilar bahslashdi.

“Turkiston” saroyining yozgi binosida tashkil etilgan bahodirlar o‘yinlarida polshalik Mateush Kelishkovski birinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyalik Mixail Shivlyakov ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston vakili Hamza Primov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Top