18:19 / 16.05.2016
3418

Toshkentda “Kasaba-tur” respublika velomarafoni bo‘lib o‘tdi 

Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan havaskor velosportchilar o‘rtasida an'anaviy “Kasaba-tur” respublika velomarafoni o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 

Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlangan an'anaviy “Kasaba-tur” velomarafoni uch bosqichda tashkil etilib, ularda mamlakatimizning barcha hududlaridagi 24 mingga yaqin korxona, tashkilot va muassasada mehnat qilayotgan uch million ikki yuz mingdan ziyod havaskor sportchi qatnashdi.
  
Toshkentda tashkil etilgan velomarafonda Shuhrat Kamolov, Alijon Esonqulov, Abdurasul Nazarov, Jamshid Nurmuhammedov, Yuriy va Maksim Kurshinlar, Nafisa Mo‘minova, Dilbar Mutalova, Aziza Karimova, Gulsara Aldasheva, Irina Lukmenko, Dilfuza Allayorova, Ma'mura Jalilova o‘z yosh toifasida shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, velomarafonda turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top