08:09 / 16.05.2016
6677

Tramp amerikaliklarni ikkinchi 11 sentabr bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQShga keladigan muhojirlarning oqimini cheklashga chaqirib keluvchi, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qochqinlar AQShda 2001 yil 11 sentabrdagi kabi teraktlar uyushtirishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Milliarder bu haqda amerikalik chegarachilar kasaba uyushmasi radiostansiyasi Green Line’dagi dastur efirida aytib o‘tdi.

"Yomon ishlar yuz beradi. Juda ko‘p. Ishonish qiyin bo‘lgan hujumlar bo‘ladi. Hozir mamlakatimizga kelayotgan odamlar tomonidan hujumlar bo‘ladi. Men bunga shubhalanmayman", deb aytdi Tramp.

Tramp AQShda suriyalik qochqinlarsiz ham muammolar yetarlicha ekanligini aytdi.

"Biz ular qayerdan ekanligini bilmaymiz, bu haqda tushunchaga ham ega emasmiz. Balki ular IShIDdandir", deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Trampning aytishicha, mamlakatga kelayotgan ko‘plab qochqinlarning telefonlarida IShID ramzlari bor. "Biz esa bunga javoban ularni qabul qilish ajoyib, deb aytishimiz kerakmi?", deb aytdi milliarder.

Top