17:33 / 17.05.2016
7321

Amerikalik erkak xotinining tug‘ayotganini Facebook Live’da jonli efirda namoyish etdi

AQShning Kaliforniya shtati, Sakramento shahrida yashovchi erkak xotinining tug‘ishini Facebook Live xizmati orqali namoyish etdi, deb xabar qilmoqda CBC News.

Qayd etilishicha, uning rafiqasi erining qilmishidan xabarsiz bo‘lgan. 

«Men hayratdaman, ajoyib. Axir farzandimni dunyoga keltirayotganimni shuncha kishi ko‘ribdi. Bolam — yulduz», — degan Sara Doum. 

Xabarlarga ko‘ra, tibbiyot markazida mazkur holatga izoh berishmagan. Shu bilan birga, Facebook’dagilar ham ushbu jonli efir Facebook Live xizmati vositasida efirga uzatilgan birinchi tug‘uruq hodisasimi, yo‘qmi oydinlik kiritmagan.

Top