18:12 / 17.05.2016
2790

Bag‘dod yaqinida yana bir portlash yuz  berdi

Bag‘dod shahri yaqinidagi hududda, As-Sadr shaharchasida yana bir portlash sodir etilishi natijasida 19 kishi halok bo‘lib, 20dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda Sputnik agentligi Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

Seshanba kuni Iroq poytaxtining shimoli va janubidagi hududlarda 2ta portlash yuz berdi va jami 38 kishi halok bo‘lib, 70dan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu portlashlar uchun hozircha hech qaysi tashkilot javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top