11:57 / 17.05.2016
10935

Bulung‘ur tumaniga yangi hokim tayinlandi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumaniga Xayriddin Xo‘jayorov hokim etib tayinlandi. «Zarafshon» gazetasi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimining bu haqdagi qarori 13 may kuni imzolangan.

Tumanga shu vaqtgacha Husan Abjalov hokimlik qilib kelayotgan edi. U Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayevning 13 maydagi boshqa bir qarori bilan lavozimidan ozod etilgan.

Top