16:49 / 17.05.2016
4228

Google kompaniyasi yangi – Spaces messenjerini ishga tushirdi

Google kompaniyasi yangi messenjer – Spaces’ni ishga tushirdi. U uncha katta bo‘lmagan guruhlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida xabar berilgan.

Google loyihasining boshqa messenjerlardan ajralib turuvchi jihati shundaki, yozishmalarning ko‘rinib turishidadir. Har bir xabar izohlar bilan birga alohida ko‘rinib turadi. Xabar sifatida tamoqdagi sahifalarni, saytlarning havolalarini, “yutub”dagi roliklarni yoki fotosuratlarni jo‘natish mumkin.

Messenjerdan foydalanuvchilarning barchasi yig‘ilishi mumkin. Guruhga a'zo qilish, faqatgina boshqa saytlardag yoki messenjerlardan havola yuborish orqali bo‘ladi. Shunga qaramay, Google orqali bu ishni amalga oshirib bo‘lmaydi, chunki bu Google Hangouts messenjeriga yuklatilgan.

Messenjerdan iOS va Android tizimli mobil qurilmalari hamda Google’ning maxsus kengaytmali brauzeri orqali foydalansa bo‘ladi.

 

Top