Internetda Ukraina prezidenti  Pyotr Poroshenkoning Ukrainadagi maktablardan biriga tashrifidan olingan surat chop etildi. Suratdan ko'rinishicha, prezident informatika darsiga kirgan.

Uning atrofida esa o'quvchilar o'tiribdi, biroq nimagadir ularning noutbuklari o'chirilgan, bolalarning o'zi esa sellofan plashlar kiyib olgan holatda ekanliklarini ko'rish mumkin. Suratni ukrainalik jurnalist Yuliya Savostina ijtimoiy tarmoqda chop etdi. Surat foydalanuvchilar orasida keng muhokamaga sabab bo'ldi.

Ba`zilar o'quvchilarga achinishdi. Boshqalar esa kinoyali tarzda bolalar kelgan mehmonlardan ifloslanib qolmasliklari uchun shunday kiyimda o'tirishganlarini, yana boshqalari esa keyingi gal bolalarga folgadan shapkacha va plashlar kiygazib qo'yishni taklif qilishdi.    

"Balki bu atom stansiyasidagi ochiq darsdir. Belgacha keladigan baxilalar kiyib olingan", deb kesatiq bilan yozdi yana bir foydalanuvchi.