17:28 / 17.05.2016
7527

iPhone 7 uch ko‘rinishda chiqishi mumkin

Apple kompaniyasi Pegatron va Foxconn iPhone 7 ning uch xil ko‘rinishini yig‘ish uchun jo‘natdi. Bu haqda anonim manba asosida Mobipicker xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, odatiy iPhone 7 va 7 Plus’dan tashqari, Apple kompaniyasi  iPhone 7 Pro (yoki Plus Premium)ni ham chiqariladi. Bu modellar o‘rtasidagi farq aynan nimada ekanligi noma'lum, faqat taxminlar bor xolos. iPhone 7 4,7 dyuym ekranli displeyga ega bo‘lsa, iPhone 7 Plus — 5,5 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Balki Pro versiyasi kattaroq - 5,7 dyuymga ega bo‘lishi mumkin.

Pro-ko‘rinishlar ikki yoqlama kamera, OLED-displey, shuningdek, Smart Connector portiga ega bo‘ladi.

Top