12:53 / 17.05.2016
5152

MRB “tasodifan” qiynab so‘roq qilish to‘g‘risidagi hisobotni o‘chirib yuborgan

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) bosh inspektori apparatida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “qiynoqlar to‘g‘risida hisobot”ning nusxasini “bexosdan” o‘chirib yuborishdi. Bu haqda Fox News telekanaliga asoslanib RIA Novosti xabar qildi. 

Hujjatning elektron versiyasi “adashib” o‘chirilgan. Hisobotning nusxasi bo‘lgan disk ham “tasodifan” o‘chib ketgan, deyiladi telekanal xabarida. 

Hujjatning nusxasi boshqa tashkilotlarda ham saqlansada, e'tiborga molik jihati uni aynan MRB ichki nazorat organi – Markaziy razvedka boshqarmasida huquqiy normalarni kuzatish uchun yo‘naltirilgan tizim o‘chirib yuborgan. 

Avvalroq AQSh razvedka bo‘yicha senat qo‘mitasi MRB tomonidan 2001-2006 yillarda qo‘llangan “so‘roq qilish usullari” tasvirlangan 6700 sahifali hisobot tayyorlagan edi. Hisobot mazmuni hamon ochilmagani tufayli Amerika davlat tizimlarida qizg‘in bahslar davom etmoqda.

Top