15:47 / 17.05.2016
6275

Peterburgda o‘zbekistonlik og‘ufurushlar guruhi qo‘lga tushdi

Sankt-Peterburg shahrida geroin tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lgan o‘zbekistonliklar guruhi qo‘lga olingan. Bu haqda Narkotik moddalarni nazorat qilish federal xizmatining Leningrad viloyati, Peterburg shahri bo‘yicha bo‘limi matbuot xizmati xabar qilgan.

Politsiyachilarning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 6 kishi kelishilgan joylarda narkotik moddalarni qoldirish usulida geroin sotishni yo‘lga qo‘ygan. Ular to‘lov tizimlari orqali mablag‘larni olishgan.

"Grom" nomli maxsus guruh tomonidan shaharning 5ta nuqtasi bo‘ylab o‘tkazilgan amaliyot natijasida 115 grammdan ortiq geroin moddasining giyohvandlarga yetkazilishi oldi olingan.

Guruhning barcha a'zolari ayni vaqtda hibsda va ularga nisbatan tegishli moddalar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Top