12:14 / 17.05.2016
4619

Tanzaniya davlat tashkilotlarida 10 mingdan ortiq “ko‘rinmas” xodimlar aniqlandi

Tanzaniya hukumati 10 mingdan ortiq mavjud bo‘lmagan, biroq maosh olib yurgan xodimlarni davlat tashkilotlari xizmatchilari ro‘yxatidan o‘chirib tashladi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar qildi. 

Davlat bosh vaziri vakilining aytishicha, bu asli yo‘q “xodimlar” mamlakat byudjyetiga har oy 2 million dollar ziyon keltirgan. 

Davlat tashkilotlari maosh hisobotlari auditi hamon yakunlanmagan, hukumat vakillari hali yana mavjud bo‘lmagan ishchilarni aniqlash mumkin deb hisoblamoqda.

Top