16:24 / 17.05.2016
5944

Targ‘ibotchilar Sirdaryodan Samarqandga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta'lim muassasalarida joriy yilning mart-dekabr oylari davomida madaniyat va san'at namoyondalari ishtirokida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari respublikamizning otita viloyatidan so‘ng ikkinchi poytaxt atalmish Samarqandda start oldi.

Targ‘ibot tadbirlari Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san'at markazi tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 16 may kuni Samarqand viloyatining Samarqand shaharidagi 17 ta umumta'lim maktablari, 25 ta kasb-hunar akademik litseyi va kasb-hunar kollejlari hamda 8 ta oliy o‘quv yurtida tashkil etildi.

Targ‘ibotning birinchi kunida viloyatning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va umumta'lim maktablaridan jami 14 685 nafar o‘quvchi yoshlar 90 nafardan ziyod taniqli san'atkorlar bilan uchrashdilar. Shulardan 800 nafari uyushmagan aholini tashkil etadi.

Belgilangan rejaga qo‘shimcha ravishda Samarqand san'at kolleji konsert zalida uyushmagan axoli uchun elimiz suygan san'atkorlar bilan konsert dasturi uyushtirildi.

Shu kunning o‘zida Samarqand viloyati “Zarafshon” majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i J.Uzakov, Samaqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarining kotibiyat mudiri S.Sanaqulov, O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar va madaniyat xodimlari, O‘zbekiston xalq shoir va yozuvchilari, taniqli san'atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, Samaqand viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida targ‘ibot guruhlari vakillari tomonidan milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni, turli diniy-ekstremistik oqimlarga ko‘r-ko‘rona kirib ketishning salbiy va ayanchli oqibatlari, farzandlarning o‘z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, kasb va hunarga ega bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida, vatanparvarlik, mehr-oqibat, yurtga sadoqat kabi mavzularda ma'ruzalar o‘qib eshitirilib, fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.

Matbuot anjumani so‘ngida targ‘ibot guruhi a'zolari mazkur o‘tkazilayotgan tadbirlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida talabalar savollariga javob berishdi.

Targ‘ibot tadbirlari 21 mayga qadar davom etadi.

 

 

Top