11:55 / 18.05.2016
4643

«Chelsi» Nike bilan yiliga 60 mln funtlik shartnoma tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Nike kompaniyasi «Chelsi» jamoasining texnik homiysiga aylanadi.

Londonliklar klubi keyingi mavsum uchun uy liboslarini namoyish etishidan bir necha kun o‘tib, adidas kompaniyasi bilan 2023 yilgacha tuzilgan shartnoma keyingi mavsumdan bekor bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

«Chelsi» adidas kompaniyasidan yiliga 30 million funt olardi, bu Yevropadagi boshqa top-klublar orasidagi eng past natija hisoblanadi.

The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Chelsi» Nike kompaniyasi bilan yiliga 60 million funt to‘lashni ko‘zda tutuvchi shartnoma imzolashga kelishgan. Endilikda, bu shartnoma sport epikirovkalari yetkazib beruvchi kompaniya bilan tuzilgan eng foydali shartnomalar orasida ikkinchisi bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi natija adidas kompaniyasi bilan yiliga 75 mln funtlik shartnoma tuzgan «Manchester Yunayted»ga tegishli.

Adidas bilan shartnomaning muddatidan oldin bekor qilingani uchun «nafaqaxo‘rlar» jamoasi 40 million funt miqdorida tovon to‘laydi.

Top