06:43 / 18.05.2016
5974

Dunyodagi eng katta pushti olmos 31,5 mln dollarga sotildi

Jyenevada Sotheby's auksion uyida noksimon ko‘rinishdagi noyob pushti olmos sotildi. 15,38 karatlik qimmatbaho tosh 31,5 mln dollarga sotildi.

Xaridor nomi ma'lum qilinmadi. U savdolarda telefon orqali qatnashgan. Biroq Reuters axborot agentligi katta olmosni qo‘lga kiritish baxtiga osiyolik kolletsioner muyassar bo‘lganini aniqlay oldi.

Olmosning nomi "Noyob pushti" deb atalib, u dunyodagi bu rangdagi eng katta olmosdir. U savdolar oldidan 28-38 mln dollarga baholanayotgan edi.

Biroq bu olmos narx borasida ko‘k rangdagi boshqa olmosdan ortda qoladi. O‘tgan yili "Ko‘k oy" deb nomlangan olmos narx borasida rekord o‘rnatgandi. 12 qaratlik tosh 48,4 mln dollarga sotilgandi. Olmosni osiyolik milliarder Jozef Lau o‘zining 7 yoshli qiziga sotib olgan. Tosh qizcha uchun "Jozefina ko‘k olmosi" deb qayta nomlangan. Darvoqe, bu tosh qizchaning 3-olmosi bo‘ldi. Unda yana ikkita – 16 va 7 karatli olmoslar ham bor.

Top