07:56 / 18.05.2016
4107

"Yevrovideniye-2016" tashkilotchilari tanlov natijalarini qayta ko‘rib chiqmasliklarini ma'lum qildilar

Yevropa efirga uzatish ittifoqi "Yevrovideniye-2016" tanlovi ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqmaslikka qaror qildi. Bu haqda tashkilotning feysbukdagi sahifasida chop etilgan rasmiy xabarda aytildi.

Rasmiy xabar tanlov muxlislari ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqish iltimosi bildirgan arznoma 300 ming ovoz to‘plagandan keyin berilgan.

"Ukraina "Yevrovideniye-2016" g‘olibi va shunday bo‘lib qoladi. Siz bunga rozimisiz yoki norozimisiz, biz bu arznomani imzolaganlarni qoidalarga muvofiq haqqoniy bo‘lgan bu natijani qabul qilishga va "Yevrovideniye"ni yanada mustahkamlash va takomillashtirish bo‘yicha mazmunli suhbat davom ettirishga chaqiramiz", deb aytildi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ukrainalik qo‘shiqchi Jamala g‘olib bo‘ldi.  

Top