12:11 / 18.05.2016
19292

Happy Summer - yozgi ta'tilda farzandingiz uchun eng munosib sovg‘a

Ota-ona uchun yozgi ta'tildagi eng yaxshi hordiq – farzandlarni oromgohlarga yuborish. Chindan ham, bolalar ko‘chani changitib yurganidan yoki uyda zerikib o‘tirganidan ko‘ra, tog‘ yonbag‘irlarida tengdoshlari bilan turli mashg‘ulotlarda ishtirok etib, ham ruhan, ham jismonan kuchga to‘lib, dam olishi afzalroqdir.

Biroq oromgohlar ichidan eng yaxshisini tanlash ham ota-onadan katta mas'uliyatni talab etadi. 

Yaqinlashib kelayotgan yoz faslida farzandingiz uchun yoqimli, shu bilan birga foydali sovg‘a qilishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, Happy Summer bu borada eng yaxshi tanlov bo‘la oladi.

Happy Summer — bu ingliz tiliga yo‘naltirilgan, ijodiy, bilimlarni mustahkamlovchi, dunyodagi eng yaxshi yetakchilarni qamrab olgan va o‘z nomi bilan quvnoq yozgi oromgohdir.

Oromgoh o‘zining quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:

- 3ta suzish uchun mo‘ljallangan hovuz;

- Malakali mutaxassislardan xorijiy tillarni o‘rganish;

- Qulay turar-joy;

- Doimiy tez yordam;

- Estrada va kino yulduzlaridan qiziqarli mahorat darslari;

- Olti mahal ovqatlanish;

- Har bir bolaga alohida yondashuv;

- Barcha muloqot ingliz tilida o‘tkazilishi;

- Har bir mavsum o‘ziga xos mavzularga bo‘lingan (shu sababli ikki-uchta mavsumga ketma-ket tashrif buyurish va yangi taassurotlar olish imkoni mavjud);

- Jamoa bo‘lib ishlash va birgalikda maqsadga erishish;

- Liderlik qobiliyatlarni ochib berish.

Shuni ham aytib o‘tish joizki, oromgohda farzandingiz ingliz tilini qay darajada o‘zlashtirgani ahamiyatli emas. Muhimi, til qobiliyatlarini rivojlantirish uchun xato qilishdan qo‘rqmay, muloqot qilishga tayyor turishdir. 

2016 yilning yangi mavsumida Happy Summer oromgohi farzandlaringiz uchun ko‘plab sovg‘alarga boy yangi dasturlarni tayyorlab qo‘ygan! 

Happy Summer bolalar uchun yoz oyida quyidagi ajoyib mavsumlarni taklif etadi:

I mavsum
Yura davri dunyosi

II mavsum
Kiberbolalar

III mavsum
Afsun va sehrgarlik maktabi

IV mavsum
O‘rmon qo‘riqchilari 

V mavsum
Ta'tildagi “maxluqlar”

VI mavsum
Yulduzli yo‘llar (Koinotga sayohat)

VII mavsum 
Superqahramonlar mavsumi

Bu mo‘'jizakor oromgohda sizning farzandigiz o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon etish va bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.  

Noodatiy va ajoyib mahorat darslari (ertalabki kundalik badantarbiya, futbol, suzish, sport raqslari bo‘yicha mashg‘ulotlar, ruhiy holatni mustahkamlash, atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan mashg‘ulotlar, yoga va yana bir qancha qiziqarli topshiriqlar) yordamida esa bolalar o‘z uylariga yanada kuchli va sog‘lom bo‘lib qaytishlari aniq. 

Ayni damda, ijtimoiy tarmoqlarda oromgohga bepul yo‘llanmalar yutib olish uchun turli xil qiziqarli tanlovlar o‘tkazilmoqda. Siz ham bu tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishingiz mumkin.

Umumiy kun tartibi quyidagicha:

07.30 – Uyqudan turish
07.45 – 8.00 – Badantarbiya
08.00 – 8.30 – Yuvinish
08.30 – 9.30 - Nonushta

09.30 – 11.00 – Ilmiy mashg‘ulotlar
11.00 – 11.30 – Ikkinchi nonushta 
11.30 – 13.00 – Basseyn / To‘garak mashg‘ulotlari
13.00 – 14.00 - Tushlik

14.00 – 16.00 – Dam olish
16.00 – 16.30 – Kechki choy
16.30 – 18.00 – Jamoalarda ishlash
18.00 – 19.30 – Kechki ovqat 

19.30 – 21.00 – Guruhlarda ishlash
21.00 – 22.30 - Kontsert / Kino / Diskoteka 
22.30 – 23.00 – Tungi ovqat 
23.00 – Yuvinish, Hordiq

Oromgohdan so‘ng farzandlaringiz navbatdagi o‘quv yilini puxta bilim, salomatlik va kuch-quvvatga to‘lgan holda qarshi olishadi.

Yo‘llanmalarga buyurtma berish va qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: 
100015, Toshkent shahri,
Gospitalniy ko‘chasi, 12/82a uy, 49
Telefonlar: +99895 1963399; +99895 1963322.

Reklama huquqi asosida.

Top