14:12 / 18.05.2016
4578

Hotam bin Arfaga 18ta klubdan taklif berildi

Fransiyaning «Nitstsa» jamoasi yarim himoyachisi Hotam bin Arfa o‘zining kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi.

«Men 18ta jamoadan taklif oldim. Ulardan faqat 3tasi meni o‘ziga jalb eta oldi.

Men o‘ta muhim qarorni qabul qilish arafasidaman. Variantlarni ko‘rib chiqaman, o‘ylab ko‘raman va yaqinlarim bilan maslahatlashaman», – deya bin Arfaning so‘zlarini keltiradi Lequipe nashri.

Mavsum yakunida ushbu 29 yoshli futbolchi erkin agentga aylanadi. 

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga Yevropadagi bir qator grand jamoalar qiziqayotgan, shu jumladan bu jamoalar qatorida «Atletiko», «PSJ» hamda uning sobiq jamoasi «Lion» nomlari borligi haqida xabarlar berilgandi.

2015-16 yilgi mavsum arafasida «Nitstsa»ga kelib qo‘shilgan futbolchi 34ta uchrashuvda 17ta gol urdi va 7ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Bundan oldingi mavsumlarni u APLning «Nyukasl» va «Xall» jamoalarida o‘tkazgandi.

Top