09:03 / 19.05.2016
4338

Afg‘onistonda An-12 samolyoti qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda Ozarbayjonning Silk Way aviakompaniyasining An-12 yuk samolyoti falokatga uchradi. Oqibatda samolyot ekipajining 7 a'zosi halok bo‘ldi, 2 nafari og‘ir jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Bu haqda xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda mahalliy OAV ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlardan ikki nafari Ukraina fuqarosi bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea samolyot Dvayyer aeroportidan uchib ketayotganda yuz bergan.

Top