14:29 / 19.05.2016
3594

Afg‘onistonda jangarilar 8 nafar politsiyachini otib ketishdi

Afg‘onistonda jangarilarning navbatdagi hujumi oqibatida kamida 8 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda Tolo News xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar libosini kiygan jangarilar Kobul-Qandahor avtotrassasida politsiyachilarga qarata o‘t ochishgan.

Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Top