06:58 / 19.05.2016
3892

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar xakerlar kuzatuvida ekanliklaridan ogohlantirildilar

AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar ortidan xakerlar kuzatayotganini ma'lum qildi. Klepper bu haqda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda CNN.

Klepperning aytishicha, xavf ham anonim guruhlar, ham turli davlatlar hukumatlariga ishlovchi xakerlar tomonidan solinmoqda. Uning ta'kidlashicha, bunda rossiyalik va xitoylik xakerlar haqiqatda ziyon yetkazishi mumkin, chunki ular "eng tajribali" hisoblanadi.

Klepperning qo‘shimcha qilishicha, FQB va AQSh ichki xavfsizlik vazirligi mutaxassislari saylovoldi shtablari xodimlariga xakerlik hujumlarini qaytarish usullari haqida ko‘rsatmalar berishmoqda. Baholanishicha, kibertahdid saylovlar yaqinlashgani sari ortib boradi.

18 mart kuni Anonymous xakerlari internetga AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni joylashtirgan edilar. Xususan, milliarderning telefon raqami va sug‘urta guvohnomasi raqami oshkor qilingan.

Top