19:02 / 19.05.2016
7717

BMW i3 kamerasi elektrokar o‘g‘risining zavqlanishini tasvirga tushirdi

BMW i3 avtomobilida o‘rnatilgan videoregistrator mashinani olib qochgan o‘g‘rining xursandchiligini tasvirga tushirdi. O‘g‘ri kameraning tasvirga olayotganini sezmay, mobil telefon orqali do‘stiga elektrokarning fazilatlari haqida hikoya qilib ketdi. Video 2016 yilning 7 fevralida yozib olingan va 11 may kuni YouTube portalida namoyish qilingan. 

Voqea Londonning shimolida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi ko‘p qavatli uyning mashinalar turar joyidan elektrokarni olib qochgan va darhol do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan: "Oshna, u menda, uni boshqarib ketayapman. Men hech qachon bunday mashinada bo‘lmaganman! U hamma narsani ortda qoldiradi".

Shundan so‘ng o‘g‘ri mashinani olib qochilgan joyga yaqin qo‘ya olmasligi va uni oshnasining uyi yonida qoldirmoqchiligini aytdi. U do‘stini elektrokarni ko‘rish uchun ko‘chaga chaqirdi. O‘g‘ri shuningdek o‘zining uyi haqida gapirib, uyerda "chetlari qayrilgan televizor" va "sabvufer" boriligini aytib maqtangan.

Politsiya mashinani topgan yoki topmagani noma'lum. Avtomobilning o‘g‘irlanishi uyushtirilgan, video esa "virusli" bo‘lishi ham mumkin.

Top