09:12 / 19.05.2016
3524

Google buzib ochilgan dasturlarni Android’da ishlatishni taqiqlaydi

Google kompaniyasi I/O anjumanida buzib ochilgan dasturlarni Android N boshqaruvida ishlaydigan qurilmalarda ishlatishga yo‘l bermaydigan SafetyNet himoya tizimini taqdim qildi.

Tizim doimo takomillashib, qurilmadagi dasturlar ishini tekshiradi. Agar dastur tekshiruvdan o‘tmasa va uning "Play Market"dagi muqobili kabi ishlamasa, tizim dasturni o‘chirib tashlaydi.

Bundan tashqari, dastur qurilmada "bilinmagan holda" yangilanib turadi, bu esa uning o‘rnatilishini kutishdan qochishga imkon beradi. Dasturning yangi versiyasi dastur qayta yuklangandan keyin ishga tushadi.

Avvalroq Google I/O anjumanida "aqlli messenjer" va videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirish uchun dastur taqdim qilingandi.

Top