20:09 / 19.05.2016
3479

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarda o‘zbekistonlik tennischilarning qo‘li baland kelmoqda

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Isroil, Yaponiya va Xitoyda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirlarda tajribali o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Yaponiyaning Kurume shahridagi musobaqada Nigina Abduraimova fransiyalik Jozefina Boualemni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada mezbon tennischi Kanaye Xisamiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
  
Xitoydagi musobaqada Oqgul Omonmurodova ilk uchrashuvda xitoylik Fangjou Liuni 6:2, 6:3 hisobida yengdi. Endi tennischi tailandlik Nicha Lertpitaksinchai bilan bahslashadi. 

Mazkur musobaqaning juftliklar bahsida Oqgul va slovakiyalik Mikayela Gonkova xitoylik Yuki Sheng va gonkonglik Ling Jang ustidan g‘alaba qozondi. 

Isroilda o‘tayotgan turnirning yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischi Vlada Yekshibarova chorak finalga qadar bo‘lgan uchrashuvlarda fransiyalik tennischilar – Jyennifer Zerbone va Fiona Kodinoni yengdi. Endi u qozog‘istonlik Go‘zal Ayniddinovaga qarshi kortga chiqadi.

Top