07:24 / 20.05.2016
9033

20 may: tarix sahnasida...

20 may— Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 140-kuni.

VOQeALAR:

2006 yil. Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya davlatlar o‘rtasida sakkizinchi majlisi yakunlandi. 
1995 yil. Qozog‘istonning Olma-ota shahrida O‘zbekiston kunlari ochildi.
1996 yil. Toshkentda “Yaqin Sharq va MarkaziY Osiyo madaniyatlarining o‘zaro boyish yo‘li” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

1900 yil.  Fransiyada II Olimpiiya o‘yinlari boshlandi.

2009 yil. Donetskning «Shaxtyor» futbol klubi o‘z tarixida ilk bor UYeFA Kubogini qo‘lga kiriti.

TAVALLUDLAR:

1799 yil. Atoqli fransuz adibi Onore de Balzak,
1804 yil. Jahon mumtoz musiqasi yetakchilarida biri, rus kompozitori Mixail Glinka,
1851 yil. Nemis ixtirochisi, birinchi ovoz yozish uskunasi—grammofonni yaratgan Emil Berliner,
1882 yil. Norvegiyalik yozuvchi, 1928 yilgi Nobel mukofoti sohibasi Sigrid Unset,
1923 yil. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sarvar Azimov, 
1981 yil. Ispaniya milliy futbol terma jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas,
1982 yil. Chexiya milliy futbol jamoasi davrozaboni  Petr Chex.

Top