11:56 / 20.05.2016
5556

Amerikalik videobloger koptokni osmono‘par bino tomidan basketbol halqasiga tushirdi

Amerikalik videobloger va basketbol ishqibozi Tayler Toni basketbol koptogini 162 metrlik bino tomidan halqaga tushirishi bilan yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda Ginnes rekordlar kitobi rasmiy sayti. 

Umuman videolavhada, basketbol trik-shotlariga oid 11 ta jahon rekordi qayd etilgan, biroq Toni natijasi lavhaning eng asosiy mag‘zi hisoblanadi. 

Sportchi Oklaxoma shahridagi «Cheyz Tauer» binosi tomidan koptokni uloqtirgan. Bunda uning rekord o‘rnatish uchun necha marotaba uringaniga oydinlik kiritilmagan. 

Shu bilan Toni, avstraliyalik Brett Stenfordning natijasini yangiladi. U 2015 yil iyunida 126 metr balandlikdan to‘pni savatga tushirgan edi.

Top