23:08 / 20.05.2016
15352

Barnaul markazida avtomobil yer ostiga ketib qoldi

20 mayda Oltoy o‘lkasidagi Barnaul shahrining markaziy ko‘chalaridan birida yengil avtomobil asfalt qoplama tagiga tushib ketdi. "Amitel" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bu voqea "Turist" mehmonxonasi yonidagi katta yo‘lda sodir bo‘lgan.

Yo‘lning bu qismi doimo muammolarga sabab bo‘lgan, biroq bunday hol ilk bor yuz berdi. Yo‘l xavfsizligi harakati davlat nazorati xodimlari qolgan guvohlar kabi bu voqeadan umuman esankirab qolishdi.  

Tuproqning o‘pirilishiga nima sabab bo‘lgani noma'lum. "Kapitalist" nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyiga shahar meri Sergey Dugin va vitse-mer Pyotr Gladishev kelgan. "Endi hammayoqqa ovoza bo‘lamiz", deb Dugin, mashinani o‘radan olishga ko‘rsatma bergan. 

Guvohlarning aytishicha, o‘raga tushib ketgan "Toyota Ist" mashinasi avtoturargohda turgan vaqtda uning yonida qandaydir qiz yurgan, bu qiz mashina egasi ekanligi taxmin qilingan. Voqea vaqtida avtomobilda hech kim bo‘lmagani sababli jabrlanganlar bo‘lmagan. "Kapitalist"ning ta'kidlashicha, mashina egasi 24 yoshli Yelena Silina degan qiz bo‘lgan. Qizning aytishicha, mashina uning ilk avtomobili bo‘lgan.

Top