15:27 / 20.05.2016
3640

Isroil mudofaa vaziri iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi

Isroil hukumati mudofaa vaziri Moshe Yaalon, uning egallab turgan lavozimi parlamentning rus tilli deputati Avigdor Libermanga taklif etilgach, vazifasidan iste'foga chiqdi

Hukmron "Likud" partiyasi yetakchilaridan biri, oddiy askarlikdan to Bosh shtab boshlig‘igacha bo‘lgan xizmat pillapoyalarini bosib o‘tib, ikki hukumat muddati davomida mudofaa vaziri bo‘lib kelayotgan Yaalon bosh vazir Binyamin Netanyaxuga nisbatan ishonchini yo‘qotganini bildirgan.

Shu hafta boshlarida, bosh vazir Netanyaxu, "Isroil bizning uyimiz" partiyasi hukmron partiyaga qo‘shilgudek bo‘lsa, Libermanga mudofaa vaziri lavozimini taqdim etishga va'da bergan edi. Mahalliy matbuot esa, Yaalonga tovon sifatida tashqi ishlar vaziri vazifasi taqdim etilishi mumkin. 

Liberman partiyasining 6 nafar deputati, parlamentdagi eng minimal ko‘pchilikka tayanayotgan Netanyaxu hukumatining o‘rnini mustahkamlashi va istalgan vaqtda hukumat parchalanishiga sabab bo‘la oladigan koalitsiyadagi hamkorlariga bog‘liqligini pasaytirishi lozim. 

Koalitsiya tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar ishtirokchilari, kelishuvga deyarli erishilgani va kelasi hafta boshida tasdiqlash uchun parlament muhokamasiga topshirilishini aytmoqdalar.

Top