17:04 / 20.05.2016
7320

Qirg‘iziston Orolni qutqarishda vaqtincha qatnashmaydi

Qirg‘iziston Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) faoliyatida o‘z ishtirokini “muzlatib” qo‘ydi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi sayti ma'lumotiga tayanib 24.kg xabar qildi

Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova Yevropa Ittifoqi – O‘rta Osiyo yuqori darajali Muloqotda ishtirok etdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari tashqi ishlar vazir o‘rinbosarlari yig‘ildi. 

Ma'lumotlar bo‘yicha, Dinara Kemalova Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi muammolariga, jumladan, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatiga e'tibor qaratdi. Uningcha, jamg‘arma mintaqaning alohida davlatlarida suvdan foydalanish va ehtiyoj gidroenergetik aspektlarini inobatga olmaydi. Qirg‘iziston tomonidan taklif etilgan islohotlar OQXJ tomonidan bir necha bor amalga oshirilmagan. Shuning uchun Qirg‘iziston OQXJ va uning bo‘linmalari faoliyatida o‘z ishtirokini muzlatishga qaror qildi.

Top