14:58 / 20.05.2016
2892

Rodjyer Federer Roland Garros musobaqasidan chiqib ketdi

Shveytsariyalik tennischi Rodjyer Federer Fransiya ochiq chempionati –“Katta dubulg‘a” musobaqasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda u o‘zining feysbukdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.

"Men bu yil Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etmasligimni afsus bilan bildirib o‘tmoqchiman. Mening jismoniy imkoniyatlarim yaxshi edi, biroq shunga qaramay o‘zimni 100 foiz yaxshi his qilmayapman. Bu qarorga kelishim oson bo‘lmadi, albatta. Lekin men mavsumning keyingi uchrashuvlarini muvaffaqiyatli davom ettirishim uchun shunday yo‘l tutdim", - deyiladi tennischining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma'lumot uchun: ayni damda Federer jahonning uchinchi raketka ustasi hisoblanadi. U “Katta dubulg‘a” doirasida o‘tgan 17 ta musobaqada g‘alaba qozongan.

Top