18:46 / 20.05.2016
6670

O‘zbekiston va Xitoy strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini kengaytirishga kelishib oldi

Xitoy tijorat vaziri Gao Xuchen, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashuvida qayd etishicha, Xitoy davlati 3 yildirki, O‘zbekistonning ikkinchi savdo hamkori va respublikaga kiritgan sarmoyalari hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lib kelmoqda. 

Avval xabar qilinganidek, ikki davlat vazirlari o‘rtasidagi uchrashuv 2016 yil 3 may kunida bo‘lib o‘tgan edi. 

"2013 yildan e'tiboran, ikki davlat rahbarlari o‘zaro tashriflar va ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazib, Xitoy va O‘zbekiston strategik hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishdi", - degan Gao Xuchen. 

Bugungi kunda, turli sohalarda o‘zaro ishonch kayfiyati hukm surmoqda. Tomonlar «Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy belbog‘i»ni barpo etishda samarali hamkorlik qilmoqda. 

Ushbu dastur doirasida, Xitoy tomoni mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni faol rivojlantirishni xohlamoqda.  Bundan tashqari, davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan bitimlarni ijro etish va yangi sohalarda munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, mavjudlarini yanada taraqqiy ettirish turtki berish niyatida. 

O‘zbek tomoni, siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, mintaqalarda xavfsizlikni ta'minlashga o‘zining ulkan hissasini qo‘shayotgani uchun Xitoyga minnatdorchilik bildirdi. 

O‘zbek delegatsiyasi vakillarining qayd etishlaricha, «Ipak yo‘lining iqtisodiy belbog‘i»ni barpo etish bo‘yicha hamkorlikdagi tashabbus hamda ishlab chiqarish quvvatlari sohasida hamkorlik sababli Xitoy bilan aloqalar barqaror rivojlanmoqda, mamlakatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga yotgazayotgan sarmoyalari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 

O‘zbekiston rivojlanish strategiyalari tutashuvini rivojlantirishni, Xitoy bilan strategik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va salohiyatini kengaytirishni xohlaydi.

Top