09:17 / 21.05.2016
6035

AQSh aviakompaniyasining uchuvchilari parvoz paytida uxlab qolishdi

Gretsiya telekanallarining xabar berishicha, AQSh aviakompaniyasining "Boing" yo‘lovchi samolyoti uchuvchilari Fransiyadan Kuvaytga parvoz vaqtida shturval oldida uxlab qolganlar.  

Ushbu noxush voqea 19 may kuni, EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti yo‘qolib qolgandan 15 soat o‘tib yuz bergan. Uchuvchilar Xorvatiya va Albaniya o‘rtasida uchib o‘tayotganlarida Italiya dispetcherlari so‘rovlariga javob bermaganlar, so‘ngra Gretsiyada ham javob berishmagan. Shu ondayoq samolyotda terakt yuz bergani taxmini paydo bo‘lgan. Ikki davlat hukumatlari bundan xabardor qilinganlar, NATO bilan aloqa liniyasi ochilgan, trevoga bo‘yicha Kritdagi Sud aviabazasidan ikkita qiruvchi samolyot havoga ko‘tarilgan.

Grek uchuvchilari Santorini ustida "Boing"ga yaqinlashganlarida ular AQShlik uchuvchilar joylarida uxlashayotganini ko‘rishgan. 140 nafar yo‘lovchilik samolyot avtopilotda uchayotgan bo‘lgan.

Samolyot styuardlari ularni F-16 samolyotlari kuzayotganlarini ko‘rib, uchuvchilarni uyg‘otishgan. Baxtli tasodif barchasi yaxshilik bilan yakunlangan.

"Santorini ustida payshanba kuni yuz bergan havo trilleri fojia bilan tugashiga bir baxya qoldi", deb kinoya bilan ta'kidlamoqda Alpha telekanali. 

OAV aviakompaniya nomini oshkor etmagan, biroq "dunyodagi eng yiriklaridan biri" deb aytgan.

Top