23:28 / 21.05.2016
5166

Xitoydagi tikuvchilik fabrikasidagi yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning markaziy qismidagi Xenan viloyatida tikuvchilik fabrikasidagi yong‘in tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Yong‘in 6 qavatli sanoat binosida chiqqan va u yerdan fabrikaga o‘tgan. 

Yong‘inni bartaraf etishda 140 nafar odam va 26 ta texnika birligi ishtirok etdi. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top